Oʻzbekistonda oʻtayotgan chempionatdan Oʻzbekiston jamoasi chetlatildi
Foto: Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi
Ayni kunlarda Toshkent shahrida gandbol boʻyicha U-20 qizlar jamoalari oʻrtasida XVIII Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan terma jamoa ayrim oʻyinchilarining hujjatlaridagi noaniqliklar sababli chempionatdan chetlatildi. Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi yuzaga kelgan holat yuzasidan tushuntirish berdi.
Bildirilishicha, jamoa aʼzolari Anastasiya Xudoyorova (19 yosh), Sevinch Erkaboyeva (20 yosh) va Sabina Mullayevaning (20 yosh) hujjatida yosh bilan bogʻliq noaniqlik aniqlangan. Toshkentda oʻtayotgan XVIII Osiyo chempionati nizomining 1.2.ye. bandida oʻyinchilarning yosh toifasi 20 yosh qilib belgilangan.
Osiyo gandbol federatsiyasi yuqorida ismlari keltirilgan gandbolchilarning 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini inobatga olib, jamoani final bosqichidan chetlashtirgan. Shuningdek, ularning guruh bosqichidagi barcha natijalari ham bekor qilingan.
Maʼlumot uchun, gandbolchilar Xudoyorova, Erkaboyeva hamda Mullayeva 2024-yilda Makedoniyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida ham ishtirok etgandi.
Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi yuqoridagi holat yuzasidan Xalqaro gandbol federatsiyasiga apellyatsiya xati joʻnatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring