Oʻzbekistonda xonandalarga u yoki bu dinni targʻib qilmaslik aytildi

Foto: Madaniyat vazirligi
Madaniyat vazirligi xonandalarga mamlakat shaʼnini eʼzozlash, odob-axloq, madaniyat, oʻzbekona qadriyatlarni unutmaslik kabi muhim masalalar yuzasidan tushuntirish berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Madaniyat vazirligida xonandalar ishtirokida konsert-tomosha faoliyatida olib borilayotgan madaniy-maʼrifiy ishlar hamda “Sanʼatkor odobi” mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtgan.
Yigʻilish kun tartibidan mamlakatimizda ijod qilayotgan sanʼatkorlarning maʼnaviy-madaniy faoliyati hamda “Sanʼatkor odob-axloqi”, Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qonunning mazmun-mohiyati, sanʼatkorlarning konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziya talab va shartlari hamda mualliflik huquqi kabi masalalar oʻrin olgan.
Yigʻilish avvalida Prezidentning 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 184-farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish sohasiga oid majburiy talablardan xabardorligini oshirish boʻyicha farmon bilan tasdiqlangan nizomning tartib-taomili boʻyicha konsert tashkilotchilari va sanʼatkorlarga tushuntirish berilgan.
Yigʻilish davomida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunga asosan “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishda sanʼatkorlarning majburiy talablarga rioya qilishini hamda asosiy litsenziya talablarida ijrochilarning “konsert-tomosha sohasida u yoki bu dinni targʻib qilmaslik” masalalari ham muhokama qilingan.
Shuningdek, yigʻilishda Konstitutsiya qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga soʻzsiz rioya etishi, boshqa davlatlarda boʻlganida oʻz mamlakat shaʼnini eʼzozlashi odob-axloq, madaniyat, oʻzbekona qadriyatlarni unutmaslik haqida soʻz borgan.
Vazirning birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov milliy urf-odatlar, qadriyatlar va anʼanalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, dabdababozlik, shohona hayotni koʻz-koʻz qilmaslik va boshqa salbiy illatlarga yoʻl qoʻymaslik, jamoat joylarida, atrofdagilar eʼtiborini tortuvchi ortiqcha salbiy harakatlarga yoʻl qoʻymaslik haqida taʼkidlab oʻtgan.
Shu bilan birga kuy-qoʻshiqlarning mazmuniga eʼtibor qaratish, mualliflik huquqlarining buzilish holatlariga ham toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, oʻz ijodlari davomida vatanga muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlarni koʻpaytirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodga namuna boʻlishlari aytib oʻtilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring