Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi
Foto: Madaniyat vazirligi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.
Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudga kelishiga katta hissa qoʻshgan.
U “Alpomish”, “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”, “Jononga bordim bir kecha”, “Alisher Navoiy”, “Parvona”, “Nurxon”, “Ajab savdolar”, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Oʻz arizasiga koʻra”, “Makr va muhabbat”, “Momo yer”, “Oq kema”, “Kelin va kuyov”, “Amir Temur va Yildirim Boyazid”, “Alpomishning qaytishi” kabi spektakllarni sahnalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring