Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Shodmon Otabek 79 yoshida vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, tarjimon va yozuvchi Shodmon Otabek 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Adib “Doʻrmon hangomalari”, “Mirzakalon Ismoiliy saboqlari”, “Shirmonbuloq oqshomlari” kabi kitoblar yozgan. Tolstoy va Nesinning hikoyalarini oʻzbek tiliga oʻgirgan.
Shodmon Otabek 1946-yili Andijon viloyatining Shirmonbuloq qishlogʻida tugʻilgan. 1969-yili hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy universitetni bitirgan. Respublika radiosida, Oʻzbekiston Milliy kinokompaniyasida, Toshkent davlat madaniyat institutida, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida ishlagan. 1992-yildan 2003-yilgacha “Xabar” gazetasida bosh muharrir boʻlgan.
Turli yillarda yozuvchining “Mirzakalon Ismoiliy”, “Yaproqdagi nur”, “Odamiylik sinovlari”, “Eng baxtli kun”, “Qorboʻron”, “Shaxmat abadiydir”, “Shirmonbuloq oqshomlari” kabi kitoblari, shuningdek, “Yaxshi kunlarda koʻrishaylik”, “Birkam dunyo” qissalari chop etilgan.
“Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring