Ish haqlarini oshishi Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirishning asosiy omillaridan biri boʻldi

12:33 09 May 2024 Siyosat
726 0

Arxiv surat

Jahon bankining 2024-yil 9-mayda “Oʻzbekistonning kambagʻallikni qisqartirish yoʻli: xalqaro taqqoslash dasturi xulosalari” eʼlon qilindi. 2024-yil bahorigacha Oʻzbekiston qashshoqlik darajasini xalqaro miqyosda taqqoslaydigan hisob-kitob dasturlariga ega emas edi. Yillar davomida qashshoqlikni global miqyosida taqqoslash imkoniyatining yoʻqligi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning samaralik darajasini aniqlashda qiyinchilik tugʻdirar edi.

Jahon banki turli mamlakatlarga taalluqli uch xil qashshoqlik chegarasidan foydalangan holda global qashshoqlikni kuzatib boradi. Oʻzbekiston 2015-yildan buyon xalqaro standartlar boʻyicha qashshoqlikni ikki barobarga qisqartirdi. 2026-yilgacha yana ikki baravar kamaytirish va 2030-yilga borib oʻrtadan yuqori daromadli davlatlar qatoriga kirish reja qilingan.

Oʻrtadan yuqori daromadli davlatlar koʻrsatkichida Oʻzbekistonning qashshoqlik darajasi 2015-yildagi 36 foizdan 2022-yilda 17 foizga qisqardi. Yevropa va Markaziy Osiyoning qolgan qismiga qaraganda bu tezroq erishilgan natija hisoblanadi.

Oʻzbekistonda qashshoqlikning qisqarishiga qanday omillar turtki boʻldi?

Buni tushunish uchun milliy qashshoqlik chegarasiga eʼtibor berish kerak. 2021-yildan buyon qashshoqlik 2023-yilga kelib 17 foizdan 11 foizga kamaygan. Qishloq joylarda (8 foiz) shaharlardagiga (4 foiz) nisbatan kattaroq pasayish kuzatildi. Bu esa 1,6 million aholining qashshoqlikdan chiqib ketganligini anglatadi.

Uy xoʻjaliklari daromadlarining oʻsishi qashshoqlikni kamaytirishda asosiy omil boʻldi. Ish haqining oshishi kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha erishilgan yutuqlarning 60 foizini tashkil etadi. Keyingi eng katta omil ijtimoiy nafaqalardir.

Shuningdek, tengsizlikning kuchayishi ijobiy koʻrsatkichlarning ichida eng xavotirlilaridan biri hisoblanadi.

Bu barcha yaxshi xabarlar orasida ehtiyotkorlikni oshirishi zarur. Agar tengsizlikning oʻsish tendensiyasi boʻlmaganida kambagʻallikni qisqartirish yanada jadallashar edi. Misol uchun 2022-2023-yillarda eng kambagʻal 10 foiz odam oʻz daromadlarini 6 foizga koʻtargan boʻlsa, eng boy 10 foiz insonlar daromadlarini 30 foizdan koʻproqqa oshirgan.

Oʻzbekiston qashshoqlikni qisqartirish boʻyicha jadal surʼatlarni saqlab qolish uchun kam taʼminlangan uy xoʻjaliklarining ishlab chiqarish salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha saʼy-harakatlar olib borishi kerak. Maʼlumotlarga koʻra, ular ish bilan taʼminlanish kabi bir qator kamchiliklarga duch kelmoqda. Bu oʻlchovlardagi tafovutlarni kamaytirish tengsizlikning kuchayishini yumshatish va qashshoqlikni yanada kamaytirish uchun muhim ahamiyatga ega boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?