Oʻzbekistonda Ispaniya tibbiyot muassasalari filiallari ochilishi mumkin

13:15 13 Avgust 2024 Jamiyat
225 0

Oʻzbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning HM Hospitales Group va Quiron Hospital Group koʻptarmoqli tibbiyot muassasalarining xalqaro aloqalar departamentlari boshliqlari Xorxe Alvares va Monika Figerola bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida mazkur klinikalar va tibbiyot muassasalari oʻrtasida oʻzaro manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish, xususan tibbiyot xodimlarini qulay shartlar asosida malakasini oshirish, onlayn yoki oflayn kurslarni tashkil qilish, klinikalar mutaxassislari tomonidan mahorat darslarini oʻtkazish, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan tadqiqot loyihalarini olib borish, shuningdek, Oʻzbekistonda ushbu kompaniyalar filiallarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida, joriy yilning sentyabr oyida ispan kompaniyalari vakillarining Oʻzbekistonga safarini amalga oshirish va uning doirasida respublikaning tegishli vazirlik va ixtisoslashtirilgan muassasalarida muzokaralar oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер