Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ayrim tovarlar bojxona bojidan ozod qilindi

“Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonga koʻra, 2024-yil 1-martdan 2026-yil 1-martgacha:
— tadbirkorlar tomonidan Oʻzbekiston hududiga olib kiriladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovarlar bojxona bojlari toʻlanishidan ozod etiladi:
— mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari, savdo-koʻngilochar majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, mebel va inventarlar, qurilish materiallari va boshqa materiallar;
— choʻmilish havzalari (basseyn) va akvaparklar uchun moʻljallangan asbob-uskunalar, jihozlar, turniketlar, toʻlov-maʼlumot terminallari, videokuzatuv tizimlari, yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar, maxsus suv tozalash filtrlari;
— turizm markazlarida joylashgan zargarlik va oltin mahsulotlari chakana savdosi doʻkonlari faoliyatini tashkil qilish uchun kerak boʻladigan qurilish (rekonstruksiya va modernizatsiya qilish) materiallari, asbob-uskunalar va texnologiyalar;
— Moʻynoq va Zomin aeroportlariga parvozlar amalga oshirilganda 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar, yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun aviayoʻlovchilar chiptalarini sotish 50 foizlik imtiyozli tariflar boʻyicha amalga oshiriladi hamda yoʻlovchi tashuvchi kompaniyalarning ushbu imtiyoz taqdim qilish bilan bogʻliq xarajatlari byudjet hisobidan qoplab beriladi.
Mehmonxona va turizm xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat aktivlarini savdoga chiqarishda xarid toʻlovlarini, miqdoridan qatʼi nazar, 5-yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutiladi hamda 3 oydan ortiq muddat sotilmasdan turgan aktivlarning boshlangʻich bahosini 30 foizgacha pasaytirish, zarur hollarda, balans (qoldiq) qiymatida sotish choralari koʻrib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring