Oʻzbekistonda ilk bor Osiyo koʻzi ojizlar uyushmasining navbatdagi assambleyasi oʻtkazilmoqda

15:14 11 May 2023 Siyosat
545 0

Adliya vazirligi Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati bilan hamkorlikda joriy yilning 11-12-may kunlari Oʻzbekistonda ilk bor Osiyo koʻzi ojizlar uyushmasining navbatdagi assambleyasi boʻlib oʻtmoqda.

Maʼlumot uchun: ushbu yirik tadbir Adliya vazirligining “Biz birgamiz!» ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Assambleyada jami 21 davlatning koʻzi ojizlar boʻyicha tashkilotlarining vakillari boʻlgan 60 nafar xalqaro va Oʻzbekiston koʻzi ojizlar uyushmasining 3 nafar mahalliy delegati hamda 30 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari tadbirda Jahon koʻzi ojizlar uyushmasining prezidenti Abel-Williamson Martine ishtirok etmoqda.

Assambleyada Osiyo koʻzi ojizlar uyushmasining oʻtgan yillardagi faoliyati boʻyicha hisoboti, rahbar organlariga saylovlar boʻladi.

Onlayn va raqamli taʼlimga oʻtish, davlat xizmatlarini koʻrsatish va biznesni olib borishda koʻrish qobiliyati buzilgan shaxslar duch keladigan toʻsiqlarni muhokama qilish, yechimlar va tavsiyalar ishlab chiqish boʻyicha seminar oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining faoliyati toʻgʻrisida hisoboti, Oʻzbekistonda keyingi yillarda Nogironligi boʻlgan shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 7-iyunda Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Nyu-York, 2006-yil 13-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida qonuni qabul qilinganligi va uning ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi.

Tadbir davomida Jahon va Osiyo koʻzi ojizlar jamiyatlari bilan manfaatli memorandum va shartnomalarni imzolash nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?