Oʻzbekistonda ilk bor ikki xalqaro toʻqimachilik tashkilotlarining konferensiyalari tashkil etiladi

15:46 06 Noyabr 2023 Siyosat
102 0

Foto: Illustrativ foto

2024-yil 8-10-sentyabr kunlari Samarqandda ITMF Annual Conference va IAF Fashion Convention 2024 jahon miqyosidagi ikki yirik xalqaro toʻqimachilik federatsiyalarining qoʻshma konferensiyasi boʻlib oʻtadi.

Ushbu keng koʻlamli tadbir jahon toʻqimachilik sanoatining 1000 dan ortiq yirik ishtirokchilarini Oʻzbekistonda jamlaydi. Yevropa, MDH, Osiyo, Afrika va Amerikaning 500 dan ortiq xalqaro tashkilotlari, toʻqimachilik kompaniyalari, brend va riteylerlar, moliya institutlari rahbarlari jahon toʻqimachilik sanoatini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun ilk marotaba bitta platformada yigʻilishadi.

2023-yil 6-noyabrda Kechaoda Xalqaro toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilar Federatsiyasining yillik konferensiyasi va Toʻqimachilik haftaligi doirasida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi ITMF Annual Conference & IAF World Fashion Convention tadbirlari Oʻzbekistonda oʻtkazilishini eʼlon qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?