O‘zbekistonda ilk bor harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionati tashkil etilmoqda
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘grisida"gi 2022 yil 20 iyundagi PQ-286-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Xalkaro harbiy sport kengashining 2024 yil uchun kalendar rejasiga muvofik, 2024 yil 14-20 oktyabr kunlari O‘zbekistonda ilk bor harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionati tashkil etilmoqda.
Mudofaa, Sport, Madaniyat va Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, "Saxovat sport servis" MCHJ sport majmuasi xamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu chempionatda dunyoning 30ta mamlakatidan 400ga yaqin harbiy sportchilar, delegatsiya rahbarlari va hakamlar, shuningdek Xalkaro dzyudo federatsiyasi vakili janob Yoxannes Daksbeker va kator martabali mehmonlar tashrif buyurgan. Ushbu nufuzli chempionatdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Qurolli Kuchlarimizning dunyo armiyalari o‘rtasidagi nufuzini yanada oshirish va mustahkamlash, yoshlar orasida dzyudo sport turini ommalashtirish orkali soglom turmush tarzini targib etishdan iborat.
Sport musobaqalari poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi "Saxovat sport servis" sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. Harbiy sportchilar 2 ta yo‘nalishda (yakkalik va guruh) 144 ta medallar jamlamasi uchun (yakkalikda 64 ta, gurux bahslarida 80 ta) qizg‘in kurash olib boradilar.
Mazkur chempionatga O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari jami 38 nafar (yakkalikda 18 nafar, jamoaviyda 20 nafar) sportchilar bilan ishtirok etadi.
Xalqaro harbiy sport kengashiga dunyoning 140 mamlakati kirgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ushbu tashkilotga 1991 yildan a’zo bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Xalqaro harbiy sport kengashi 1948 yili 18 fevral kuni tashkil etilgan bo‘lib (shtab kvartirasi Bryussel sh.), jahondagi nufuzi bo‘yicha Xalkaro Olimpiya qo‘mitasi va xalqaro universitetlar sport federatsiyasidan keyingi o‘rinda turadi. Mazkur nufuzli tashkilot tomonidan har yil olimpiya va harbiy amaliy sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlari va to‘rt yilda bir marotaba Butunjahon armiya o‘yinlari (armiya olimpiadasi) bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sportchilari boks, dzyudo, voleybol, triatlon, regbi, taekvondo, yengil atletika kabi sport turlarida muntazam ravishda ishtirok etib, munosib o‘rinlarni egallab kelmokdalar.
Jumladan, 2019 yil Butunjahon armiya o‘yinlari (Xitoy, 9-o‘rin, 109 mamlakat ichida), 2021 yil boks bo‘yicha JCH (Moskva, 2-o‘rin), 2022 yil - dzyudo bo‘yicha JCH (Fransiya, 1-o‘rin), 2024 yil tajvondo bo‘yicha JCH (Koreya Respublikasi, 1-o‘rin), 2024 yil voleybol bo‘yicha JCH (Eron Islom Respublikasi, 3-o‘rin).
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring