Oʻzbekistonda ikkita yangi rusumdagi avtomobil ishlab chiqarila boshlaydi

21:59 02 Yanvar 2022 Jamiyat
2873 0

Oʻzbekistonda ikkita yangi avtomobil modelini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu 2022-2026-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasidagi “Yoʻl xaritasi” loyihasida qayd etilgan.

Qayd etilishicha, avtomobilsozlik sohasida kooperatsiyani yanada rivojlantirish hisobidan ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobar, eksport hajmini esa 2 barobar oshirish rejalashtirilgan.

Sanoatdagi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida:

yangi integratsiyalashgan global platformaga (GEM) oʻtish bilan yillik quvvati 190 000 dona yengil avtomobillarning 2 ta yangi modelini ishlab chiqarish boshlanadi;

UzAuto Motorsʻning Xorazm viloyati filiali quvvati 70 mingdan 100 mingtaga oshadi.

Shuningdek, hukumat 2026-yilgacha eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqadi.

Shu tarzda:

SCD texnologiyasidan foydalangan holda avtomobillar ishlab chiqarish boshlanadi;

yiliga 30 mingtagacha “Nexia” avtomobilini eksport qilish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?