Oʻzbekistonda eng koʻp nikoh qayd etilgan hududlar eʼlon qilindi
2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistonda 177 mingta nikoh qayd etildi, deb xabar berdi Statistika qoʻmitasi.
Eng koʻp nikoh Samarqand viloyatida roʻyxatdan oʻtgan — 21,2 mingta. Ikkinchi oʻrinda Fargʻona viloyati (19,4 mingta), uchinchi oʻrinda esa Qashqadaryo viloyati (17,7 mingta).
Qolgan hududlar boʻyicha koʻrsatkichlar quyidagicha:
Toshkent shahri — 16,9 mingta
Andijon viloyati — 14,9 mingta
Surxondaryo viloyati — 14 mingta
Namangan viloyati — 13,8 mingta
Toshkent viloyati — 13,4 mingta
Buxoro viloyati — 9,8 mingta
Xorazm viloyati — 9,5 mingta
Qoraqalpogʻiston — 8,7 mingta
Jizzax viloyati — 7,6 mingta
Navoiy viloyati — 5,5 mingta
Sirdaryo viloyati — 4,5 mingta
Shu bilan birga, oʻzbekistonliklar oila qurishga nisbatan har yilgidan kamroq qaror qilmoqda: oʻtgan yilning shu davriga nisbatan nikohlar soni 2,4 mingtaga kamaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring