Oʻzbekistonda eng arzon palovni qayerda tayyorlash mumkin?
Milliy statistika qoʻmitasi 2026-yilning yanvar oyi holatiga koʻra 1 kilogramm palov tayyorlash uchun zarur boʻlgan mahsulotlar qiymatini hududlar kesimida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu miqdordagi palovni pishirish uchun eng kam xarajat qilinadigan hudud Qoraqalpogʻiston (98 234 soʻm) boʻlsa, eng qimmati Toshkent shahridir (116 128 soʻm).
Quyida mazkur narxlar hududlar kesimida:
-
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 98 234 soʻm;
-
Andijon viloyati – 106 160 soʻm;
-
Buxoro viloyati – 107 931 soʻm;
-
Jizzax viloyati – 109 666 soʻm;
-
Qashqadaryo viloyati – 111 922 soʻm;
-
Navoiy viloyati – 109 697 soʻm;
-
Namangan viloyati – 108 617 soʻm;
-
Samarqand viloyati – 112 930 soʻm;
-
Surxondaryo viloyati – 111 624 soʻm;
-
Sirdaryo viloyati – 104 256 soʻm;
-
Toshkent viloyati – 112 607 soʻm;
-
Fargʻona viloyati – 115 413 soʻm;
-
Xorazm viloyati – 107 027 soʻm;
-
Toshkent shahri – 116 128 soʻm.
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
-
kungaboqar yogʻi – 0,3 l;
-
piyoz – 300 gr;
-
mol goʻshti – 700 gr;
-
sabzi – 1 kg;
-
guruch – 1 kg;
-
noʻxat – 100 gr;
-
zira – 10 gr;
-
osh tuzi – 20 gr.
Taʼkidlash joiz, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga toʻgʻri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qoʻshib hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring