Oʻzbekistonda emlangan fuqarolarga emlanganlik haqida sertifikat beriladi
Oʻzbekistonda emlangan aholiga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi.
Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev maʼlum qildi.
«Bu jarayonda muhim ahamiyatga ega shpris taʼminoti, xavfsiz qutilar taʼminoti va boshqalar uchun respublikamizda 6 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻlar ajratilgan va xaridlar amalga oshirilyapti. 10 mingdan ortiq vaksinatorlar, patronaj hamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlar vaksinatsiyaga tayyorgarlik koʻrishyapti.
Birinchi navbatda, emlanadigan aholi vakillarini elektron roʻyxatga olish ishlari olib borilyapti. Yangi emlash.uz deb nomlangan sayt yaratildi. Vaksina olgan fuqarolar bu saytda roʻyxatdan oʻtkazib boriladi. Ularga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi», dedi Bahodir Yusupaliyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring