Oʻzbekistonda ekologik toza qishloq xoʻjaligi texnikasi platformasi yaratiladi
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sohasini ekologik toza texnologiyalar asosida rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha Koreya Respublikasining Koreya yuqori texnologiyalar instituti (KIAT), Innovatsion rivojlanish agentligi, “Oʻzavtosanoat“ AJ va Chirchiq shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 10 million AQSH dollarini tashkil etib, u Koreya Respublikasining ODA dasturi doirasida begʻaraz moliyalashtirilmoqda. Uning asosiy maqsadi — qishloq xoʻjaligi texnikalarini ekologik toza siqilgan tabiiy gaz (STG) yoqilgʻisiga oʻtkazish orqali atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishdan iborat.
Loyiha doirasida zamonaviy STG-4 gaz balonli uskunalar joriy etilib, maxsus oʻquv kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida Siemens kompaniyasining NX dasturi asosida modellashtirish va loyihalashtirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Chirchiq shahrida tadqiqot va ishlanmalar markazi uchun bino qurilishi yakunlangan boʻlib, bu yerda koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda zamonaviy uskunalarni joriy etish ishlari davom etmoqda. Loyiha yakuniga qadar 50 dona STG yoqilgʻisida ishlaydigan turli quvvatdagi qishloq xoʻjaligi texnikalarini olib kelish va mutaxassislarning malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sohasida zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring