Oʻzbekistonda “COVID-19"ga qarshi emlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetmoqda
Oʻzbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini kamaytirish maqsadida COVID-19 ga qarshi emlash tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish ishlari yakunlanmoqda.
Bu haqda Sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev quyidagilarni maʼlum qildi:
— COVID-19 bilan kasallanishda xavf osti guruhiga mansub toʻrt milliondan ortiq aholi qatlamini birinchi navbatda emlash tadbirlari uchun COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca hamda Xitoy va Oʻzbekiston olimlari hamkorligida yaratilgan 1 million doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalari keltirildi.
Bundan tashqari, COVAX doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 million doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini mamlakatimizga keltirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda.
Shu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan yana qoʻshimcha AstraZeneca vaksinasini xarid qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Bugungi kunda olimlarimiz tomonidan birinchi COVID-19 ga qarshi vaksinaning S oqsil molekulasi yaratilib, yaqin kunlarda hayvonlarda klinik oldi tadqiqotlarini boshlash rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring