Oʻzbekistonda Chevrolet Equinox modelini xaridorlarga yetkazib berish boshlandi
UzAuto Motors kompaniyasi oʻtgan yilning oxirida SUV segmentiga mansub toʻrtta yangi model avtomobillarini taqdim etgan edi. Ulardan biri Chevrolet Equinox modelidir.
Premium sinfga mansub boʻlgan, eng zamonaviy texnologiyalar, eng zamonaviy dvigatel, shassi va boshqaruv tizimi bilan jihozlangan ushbu avtomobil ham Oʻzbekistondagi ilk xaridorlariga yetkazib berila boshlandi.
Bunday kechikishning sababi ilgari maʼlum qilinganidek, pandemiya bilan bogʻliq.
Bugungi kunga kelib esa yuzdan ortiq xaridorlar Chevrolet Equinox avtomobilini xarid qilish istagini bildirib, shartnoma imzolagan, deb xabar berdi UzAuto Motors.
Maʼlumot uchun, Chevrolet Equinox avtomobili qator texnik xususiyatlarga ega. Xususan, yoqilgʻi idishi hajmi 59 l, 2.0 Turbo dvigatelga ega va isteʼmoli aralash siklida 8,2 l/100 km tashkil qiladi. Avtomobilning tezlashish vaqti soatiga 7,8 s dan 100 km/s gacha. Avtomobilning tashqi qismida, salonga kalitsiz kirish, panoramali lyuk, eshik va yukxona boʻlimining elektruzatmasi, svetodiodli orqa va old faralar bor. Isitiladigan va elektrbukiladign oynalar ham unga xosdir.
Ayrim manbalarda uning narxi 259,5 mln. soʻmdan 349 mln. soʻmgacha(QQS bilan birgalikda) koʻrsatib oʻtilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring