O‘zbekistonda ayollar erkaklarga qaraganda 39 foiz kam oylik oladi
Illyustrativ foto
Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha katta iqtisodchisi Uilyam Zeyts O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi ish haqi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda erkaklar ayollarga qaraganda 39 foiz ko‘proq maosh oladi. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich — 20 foiz.
Qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistonda esa erkaklar va ayollar ish haqi o‘rtasidagi farq mos ravishda 22 va 25 foiz.
“Teng ish uchun teng haq to‘lash”ni belgilovchi huquqiy me’yorlarning qabul qilinishi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi ish haqi farqi muammosini faqat qisman hal qiladi. Eskicha dunyoqarashlarga qarshi kurashmasdan, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tafovutni bartaraf etishning iloji bo‘lmaydi”, — deb hisoblaydi Jahon banki.
Ma’lumot uchun, 2023 yil birinchi yarmidan keyin O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 4,3 mln so‘mni tashkil qiladi.
Eng kam ish haqini asosan ayollar faoliyat olib boradigan o‘qituvchi va shifokorlar oladi. O‘qituvchilarda 3 mln so‘m bo‘lsa, sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarida 2,9 mln so‘m.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring