Oʻzbekistonda AQSH vizasi uchun yangi viza suhbatini belgilash tizimi ishga tushadi

11:47 09 Iyun 2024 Hujjatlar
478 0

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi 10-iyun sanasidan eʼtiboran, yangi va mukammallashtirilgan viza suhbatini belgilash tizimini ishga tushirishini eʼlon qildi.

Unga koʻra, yangi xizmat yordamida, murojaatchilarining viza boʻyicha maʼlumotga ega boʻlish, talab etilgan viza uchun maʼmuriy toʻlovni amalga oshirish, viza boʻyicha suhbat sanasini belgilash hamda yetkazib berish xizmatidan foydalanish imkoniyatlari mavjud boʻladi.

Qoʻshimcha qilinishicha, yangi vizaga murojaat etish jarayoni orqali murojaatchilar har qanday talab etiladigan viza murojaati uchun maʼmuriy toʻlovni suhbat sanasini belgilashdan avval amalga oshiradi.

Shuningdek, yangi suhbat tizimi orqali, suhbatsiz vizaga murojaat etish talablariga javob beruvchi murojaatchilar yetkazib berish xizmati yordamida hujjatlarini konsullik boʻlimiga topshirishlari hamda hujjatlarini belgilangan tegishli boʻlinmadan qabul qilib olishlari mumkin boʻladi.

  • “Tenge Bank”ning barcha filiallarida naqd pul orqali (Toʻlovlar AQSH Elchixonasida qabul qilinmaydi).
  • Veb-saytda AQSH dollarida plastik karta orqali.

Yangi suhbat tizimi 10-iyundan eʼtiboran, https://ais.usvisa-info.com/ veb-saytida, 2-iyul va undan keyingi sanalarga barcha noimmigratsion viza suhbatlari sanasini belgilash uchun faoliyat yurita boshlaydi.

“AQSH Davlat departamentining avvalgi suhbat tizimidan foydalangan holda iyun oyi uchun suhbat sanasini belgilagan viza murojaatchilari belgilangan sanada viza suhbatiga kelishi va viza uchun toʻlovni binoning ichida suhbatdan avval amalga oshirishlari kerak boʻladi”, deyiladi elchixona xabarida.

Aytilishicha, ushbu jarayondagi yangilanishlar natijasida viza uchun maʼmuriy toʻlov miqdori oʻzgarmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер