Oʻzbekistonda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importi monopollashtirilganmi?
Oxirgi paytda ijtimoiy tarmoqlarda oziq-ovqat, shu jumladan shakar, oʻsimlik moyi, mandarin mahsulotlarining narxlari keskin oshishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilmoqda, bunda ushbu bozorlarda faqat cheklangan ayrim tadbirkorlar monopollashgan holda faoliyat yuritishi aytilmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlaring tovar-xom ashyo birjalaridagi hamda bozorlar va yirik savdo komplekslaridagi narxlarning doimiy monitoringi yoʻlga qoʻyilgan. Shu bilan birga, import asosida keltiriladigan mahsulotlar hajmi va korxonalar soni, yaʼni sogʻlom raqobat asosida keltirilishi yuzasidan qattiq nazorat oʻrnatilgan.
Masalan, shakar mahsulotini 2019-yilda 84 ta tadbirkor 167 ming tonna, 2020-yilda 87 ta tadbirkor 334 ming tonna Rossiya, Ukraina, Belarusiya, Gruziya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Litva, Ozarbayjon, Pokiston, Polsha, Hindiston, Chexiya va Eron kabi davlatlardan import qilgan.
Oʻsimlik moyini 2019-yilda 118 ta tadbirkor 222 ming tonna, 2020-yil 102 ta tadbirkor 223 ming tonna Gruziya, Qozogʻiston, Rossiya, Ukraina, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Shvetsiya kabi davlatlardan import qilgan.
Joriy yilda mandarin mevasini 58 ta tadbirkor tomonidan 24 ming tonnadan ortiq import qilgan boʻlsa, oʻtgan yili 85 ta tadbirkor 33 ming tonna Pokiston, Xitoy, Turkiya, Misr, Eron, Janubiy Afrika, Marokash, Ekvador, Rossiya, Qozogʻiston, Gruziya, Argentina, Tojikiston, Qirgʻiziston kabi davlatlardan import qilgan.
Shuning oʻzi koʻrsatib turibdiki, yuqoridagi mahsulotlar importida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida sogʻlom raqobat sharoiti yaratilgan. Bunda, oxirgi 2 yilda Qoʻmitaga oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda toʻsiqlar va qiyinchiliklar haqida shikoyat va murojaatlar kelib tushmagan.
Shu munosabat bilan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahsulot importi jarayonida turli xil toʻsiqlarga (jumladan, davlat organlari va boshqa subyektlar tomonidan) duch kelish holatlari boʻlsa, Qoʻmitaga murojaat qilishlari soʻraladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring