Oʻzbekistonda 6 oyda 3,8 ming kishi korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan
Foto: Zakon.kz
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024-yilning oʻtgan yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlilini eʼlon qildi.
Tahlillarga koʻra, mazkur davrda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
“Joriy yilda (2023-yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yoʻnalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaygan”, deyiladi agentlik xabarida
Jumladan:
- tijorat banklarida 146 (186);
- Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177);
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128);
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida 52 (64);
- Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40);
-
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 30 (33) nafar xodimlar tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.
Shuningdek, taʼlim tizimi va mahalliy hokimliklarda ishlovchi xodimlar oʻrtasida korrupsion jinoyatlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan koʻpaygan:
- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimining 285 (237);
- davlat ulushi mavjud korxonalarning 103 (153);
- mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring