Oʻzbekistonda 3 oyda 21 mingdan ortiq korxona tashkil etildi

12:16 11 Aprel 2025 Jamiyat
261 0

2025-yilning yanvar mart oylarida jami 21 346 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga qaraganda 8 foizga yuqori. Shuningdek, ushbu raqamlarda fermer va dehqon xoʻjaliklari hisobga olinmagan.

Sohalar kesimida eng koʻp korxona 7 255 ta bilan savdo sohasida faoliyat boshlagan. Undan keyingi oʻrinlarda 2 639 ta bilan qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi, 2 314 ta tashkilot bilan esa sanoat sohasi turibdi.

Bundan tashqari, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida 1 758 ta, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida 1 618 ta, qurilish sohasida 1 111 ta, axborot va aloqa sohasida 742 ta, tashish va saqlash sohasida 620 ta va boshqa sohalarda 3 289 ta tashkilot faoliyat boshlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?