Oʻzbekistonda 20-avgustdan qayta tiklanadigan mahalliy yoʻlovchi poyezdlar jadvali eʼlon qilindi

19:50 18 Avgust 2020 Jamiyat
1552 0

20-avgustdan quyidagi mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklanadi.

20-avgust soat 06:05 dan Toshkent janubiy vokzalidan 92-sonli Toshkent – Andijon;

20-avgust soat 14:34 dan Andijon vokzalidan 391-sonli Andijon – Buxoro;

21-avgust soat 21:04 dan Buxoro vokzalidan 392-sonli Buxoro –Andijon;

21-avgust soat 22:50 dan Toshkent janubiy vokzalidan 82-sonli Toshkent – Sariosiyo;

22-avgust soat 16:00 dan Sariosiyo vokzalidan 81-sonli Sariosiyo –Toshkent;

22-avgust soat 14:30 dan Andijon vokzalidan 397-sonli Andijon –Termiz;

23-avgust soat 15:25 dan Termez vokzalidan 398-sonli Termiz –Andijon;

24-avgust soat 14:34 dan Andijon vokzalidan 393-sonli Andijon –Xiva;

25-avgust soat 13:08 dan Xiva vokzalidan 394-sonli Xiva – Andijon;

26-avgust soat 14:34 dan Andijon vokzalidan 91-sonli Andijon –Toshkent yoʻlovchi poyezdlari qatnovi qayta tiklanadi;

Yoʻlovchilar chiptalarni temiryoʻl kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Izoh: Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?