Oʻzbekistonda 17-aprel kuni havo harorati 30 daraja issiq boʻladi

07:07 17 Aprel 2024 Jamiyat
344 0

“Oʻzgidromet” 17-aprel, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9°, kunduzi 21-23° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 24-29° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 18-23° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?