Oʻzbekistonda 1-fevraldan temiryoʻl chiptalari narxi yana oshadi

Oʻzbekistonda 2025-yil 1-fevraldan boshlab temiryoʻl chiptalari narxi oshiriladi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda sohada temir yoʻl infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilgʻi va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yoʻlovchi vagonlari parkini yangilash, temir yoʻl vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsad qilingan.
Shunga koʻra, 2025-yil 1-fevral sanasidan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25% ga, Ekonom toifadagi chipta narxlari 20% ga hamda tez yurar yoʻlovchi poyezdlar “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” poyezdlarning chipta narxlari 30% ga oshiriladi, deyiladi xabarda.
“Afrosiyob” elektropoyezdlarning chipta narxlari quyidagicha:
Toshkent — Buxoro
VIP 994 000 soʻm
Biznes 751 000 soʻm
Ekonom 484 000 soʻm
Toshkent — Qarshi
VIP 854 000 soʻm
Biznes 634 000 soʻm
Ekonom 406 000 soʻm
Toshkent — Samarqand
VIP 619 000 soʻm
Biznes 450 000 soʻm
Ekonom 294 000 soʻm etib belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yoʻnalishdagi poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga oʻtilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring