Oʻzbekiston Jahon chempionati mezboniga qarshi oʻynaydi

14:48 23 Dekabr 2025 Sport
654 0

Foto: OʻFA

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Kanada termasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi maʼlum qildi.

Unga koʻra, ushbu oʻyin 2026-yil 1-iyun sanasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bahs Kanadaning Edmonton shahrida boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi birinchi oʻyini Meksika mamlakatida oʻtkaziladi.

Ushbu bahs 2026-yilning 18-iyun sanasida tashkil etiladi. Mazkur oʻyinda Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoaga Kolumbiya terma jamoasi raqiblik qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер