Oʻzbekiston vakili BMTning Inson huquqlari qoʻmitasiga saylandi
Mamlakat vakilining IHQga saylanishi tarixiy voqeadir, chunki Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi marta BMTning ushbu asosiy organiga aʼzo boʻldi.
Oʻzbekistondagi Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari qoʻmitasi tarkibiga saylandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 29-may kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktga aʼzo davlatlarning 40-sessiyasi doirasida Inson huquqlari qoʻmitasining 2025-2028-yillar uchun 9 nafar aʼzosini saylash boʻyicha saylovlar boʻlib oʻtgan.
Saylovda Oʻzbekiston bilan birga 16 ta davlat – Burundi, Gruziya, Misr, Hindiston, Ispaniya, Kamerun, Kot-dʻIvuar, Litva, Marokash, Paragvay, Koreya Respublikasi, Shimoliy Makedoniya, Togo, Xorvatiya, Efiopiya va Janubiy Afrika vakillari 9 ta oʻrin uchun kurash olib borgan.
Yashirin ovoz berish natijalariga koʻra, Oʻzbekistondan nomzod, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktori, akademik Akmal Saidov Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktga aʼzo mamlakatlardan eng koʻp ovoz olgan.
Oʻzbekiston vakilining IHQga saylanishi tarixiy voqeadir, chunki mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi marta BMTning ushbu asosiy organiga aʼzo boʻldi.
Муҳсин, [01.06.2024 11:03]
Oʻzbekistonning ushbu nufuzli konvensiya organiga saylanishi mamlakatning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalar bilan konstruktiv hamkorlik qilish orqali inson huquqlarini taʼminlash va himoya qilishga sodiqligini namoyish etish, qarorlar qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etish, shuningdek, bu borada ilgʻor tajriba almashish imkonini beradi.
Inson huquqlari qoʻmitasi – BMTning mustaqil ekspertlardan iborat organi boʻlib, aʼzo davlatlar tomonidan Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning bajarilishini monitoring qiladi. Ushbu paktga 173 ta davlat aʼzo. Oʻzbekiston ushbu xalqaro hujjatga 1995-yilda qoʻshilgan. Qoʻmita faoliyati insonning barcha fuqarolik va siyosiy huquqlari toʻliq hurmat qilinishini taʼminlashga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring