Oʻzbekiston va Janubiy Koreya xalq taʼlimi sohasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirmoqda
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Farruh Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada boʻldi.
Delegatsiya aʼzolari safar davomida Koreya Respublikasining Kyonsanbuk-do provinsiyasi Xalq taʼlimi boshqarmasi faoliyati bilan tanishishlari barobarida mutasaddilar bilan taʼlim sohasida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashilar.
Uchrashuvda Janubiy Koreya tomoniga Oʻzbekistonda xalq taʼlimi tizimi sifati va samaradorligini oshirish, taʼlim va ilm-fan integratsiyasini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Tomonlar pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakali xorijlik mutaxassislarni jalb etish, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etish boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikning istiqbollariga alohida eʼtibor qaratishdi.
Boshqarma boshligʻi Lim Jong Sik Buxoro viloyati bilan taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini maʼlum qildi.
Kyonsanbuk-do provinsiyasi Xalq taʼlimi boshqarmasi Oʻzbekiston bilan turli yoʻnalishlarda faol hamkorlik qilmoqda. Jumladan, hozirgi paytda “Dunyoni anglash boʻyicha tematik taʼlim loyihasi” birgalikda amalga oshirilmoqda, oʻtgan yil noyabr oyida esa Toshkentdagi Koreya taʼlim markazi bilan oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Safar doirasida delegatsiya aʼzolari Andon shahridagi Matematikani oʻrganish va targʻib qilish markazi, Kyonju shahridagi Ixtirolarni oʻrganish markazi, Kyonju shahridagi Koreya til oʻqitish markazi, Sondok shahridagi qizlar oʻrta maktabi, shuningdek, Kyonsanbuk-do provinsiyasidagi Xalq taʼlimi boshqarmasiga qarashli turli oʻquv markazlari va maktablar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring