Oʻzbekiston va Turkiya yosh futbolchilarni tayyorlash boʻyicha hamkorlik qiladi

14:35 13 May 2024 Jamiyat
269 0

Oʻzbekiston bosh konsuli Sherzod Abdunazarov Turkiya Futbol federatsiyasi prezidenti Mexmet Buyukekshi bilan muzokara oʻtkazdi.

Muloqot chogʻida Turkiya Futbol federatsiyalari va Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi oʻrtasidagi aloqalarni yanada jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mexmet Buyukekshi Turkiyaning Antaliya, Izmir shaharlarida oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarda oʻzbek jamoalarining ishtirok etishi foydadan xoli boʻlmasligini qayd etdi. Uning aytishicha, ushbu turnirlarga jahonga mashhur futbol klublarining seleksionerlari keladi va ular eng iqtidorli futbolchilar bilan shartnoma tuzadi.

Tomonlar, shuningdek, yosh futbolchilarni tayyorlash, turli yoshdagi terma jamoalar oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish, tajriba almashish va murabbiylar malakasini oshirish boʻyicha qoʻshma kurslarni uyushtirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер