Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni kechasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan oʻtkazgan telefon orqali muloqotda “Togg” brendi ostida ishlab chiqarilgan birinchi turk elektromobili uchun minnatdorlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari qardosh Turkiya Prezidenti va xalqini katta texnologik gʻalaba – mamlakatda zamonaviy elektromobillarni sanoat usulida ishlab chiqarish boshlangani bilan tabrikladi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Turkiya keng koʻlamli strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho berildi.
Oʻzbekiston va Turkiya yetakchi kompaniyalarining yuqori texnologik tarmoqlardagi sanoat kooperatsiyasi miqyosini yanada kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.
Joriy yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama Oliy darajadagi Strategik sheriklik kengashi yigʻilishiga puxta tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Telefon muloqoti yakunida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha boʻlajak referendumni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi va uning muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring