Oʻzbekiston va Rossiya taʼlim vazirlari A.I. Gersen universitetining Toshkent filialida boʻlishdi
2022-yil 31-oktyabr kuni A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filialiga Rossiya Federatsiyasi taʼlim vaziri tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi taʼlim vaziri Sergey Sergeevich Kravsov, Oʻzbekiston xalq taʼlim vaziri Baxtiyor Odilovich Saidov hamda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Vasilevna Shin universitet rahbariyati hamda talabalari bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida Oʻzbekiston madaniyatiga bagʻishlangan yoʻnalish ochilishi alohida taʼkidlandi.
«Biz Sankt-Peterburgdagi Gersen universitetida Oʻzbekiston madaniyati va anʼanalari boʻyicha yoʻnalish ochishga kelishib oldik. Bundan maqsad, yoshlarimizga, talabalarimizga Oʻzbekiston madaniyati va tarixi haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishdir», — deydi Kravsov.
Uchrashuv jarayonida tomonlar oʻrtasida yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha rejalar kelishib olindi. Jumladan, 2023-yil boshida Sankt-Peterburgda oʻqituvchilar taʼlimiga bagʻishlangan forum oʻtkazilishi shular sirasiga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring