Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi chegara oʻtkazish punktlaridan biri 3 oyga yopiladi
Qozogʻiston Respublikasining “Tajen” (Oʻzbekiston Respublikasining “Dovud ota”) chegara oʻtkazish punktida taʼmirlash va jihozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025-yil 1-fevraldan boshlab 3 oy muddatga shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi davlat Bojxona qoʻmitasi maʼlum qilgan.
Mazkur davr mobaynida fuqarolar va transport vositalari harakatlanishi uchun “Yallama”, “Zangiota (Navoiy chegara bojxona posti)”, “Oq oltin” va “Malik” oʻtkazish punktlari foydalanish tavsiya etilmoqda. Shuningdek, jismoniy shaxslar temir yoʻl orqali harakatlanish uchun “Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl oʻtkazish punktidan foydalanishlari mumkin.
Ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari esa oʻz harakatlarini “Tajen” (Qozogʻiston) – “Dovud ota” (Oʻzbekiston) chegara oʻtkazish punkti orqali uzluksiz davom ettiradilar. Ushbu oʻzgarishlar vaqtida chegaradan oʻtish rejalarini qayta koʻrib chiqish fuqarolardan soʻralmoqda.
Chegara oʻtkazish punktlaridagi taʼmirlash ishlari tugallangach, ushbu yoʻnalishlarda harakat tiklanishi kutilyapti. “Fuqarolardan yangi yoʻl koʻrsatmalariga rioya qilish va chegara oʻtkazish punktlarida yaratilgan qulayliklardan foydalanishlari soʻraladi”, deyilgan xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring