O'zbekiston va Qirg'iziston tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
2022-yil 13-may kuni Dushanbe shahrida O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norovning Qirg'iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Muloqot MDH tashqi ishlar vazirlari Kengashining Dushanbe shahridagi navbatdagi Majlisi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda qayd etilganidek, ikki mamlakat rahbarlarining doimiy aloqalari, ochiq va ishonchli muloqoti va qat'iy siyosiy irodasi natijasida O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi.
O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi hamkorlik strategik sheriklik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlari ruhida jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
Mamlakatlarimiz o'rtasidagi ikki tomonlama savdo aylanmasi yuqori sur'atlarda o’sayotgani alohida qayd etildi.
Tashqi ishlar vazirlari 2022-yil 1-aprel kuni O'sh shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi va Qirg'iz Respublikasi chegara hududlari rahbarlari kengashining 4-Majlisi yakunlarini ijobiy baholadilar. Tadbir davomida erishilgan barcha kelishuvlarni to'liq amalga oshirish muhimligi e’tirof etildi.
Muzokaralarda savdo va investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, turizm, mintaqalararo hamkorlik va madaniyat sohalaridagi O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
O'zbekiston-Qirg'iziston davlat chegaralarini do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va o'zaro hurmat tamoyillariga amal qilgan holda delimitatsiya qilish va demarkatsiya qilish bo'yicha muzokaralarni jadallashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Oliy va yuqori darajadagi bo'lajak tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarning qardosh xalqlarimiz farovonligi yo'lida ikki tomonlama aloqalarni har jihatdan mustahkamlash va o'zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga bo'lgan qat'iy intilishini ta'kidladilar.
Uchrashuv ochiq, do'stona va amaliy ruhda o'tdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring