Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 18-mart kuni telefon orqali muloqot qildilar.
Yetakchilar yaqinlashib kelayotgan bahor va yangilanish bayrami – Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladilar.
Oliy darajadagi kelishuvlarni, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, logistika, energetika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Transport-tranzit va energetika infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari boʻlajak oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvga, shuningdek, Samarqand shahrida oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo - YEI” sammiti va Iqlim forumiga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida toʻxtaldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring