Oʻzbekiston va Portugaliya teatrlari oʻrtasida xalqaro aloqalar oʻrnatildi

16:59 01 Mart 2023 Madaniyat
641 0

Madaniyat va turizm vazirligi hamda “EAT”- “Yevrosiyo” xalqaro teatrlar Assotsiatsiyasi hamkorligi doirasida viloyat musiqali drama teatri direktori Oʻtkir Maxmatqulov va Portugaliyaning Braga shahri davlat drama teatri badiiy rahbari Jose Rui Da Silva Madiyera tomonidan xalqaro ijodiy memorandum imzolandi.

Unga koʻra, rejissyor, rassom va aktyorlar oʻrtasida ijodiy tajriba almashish hamda joriy yilning avgust oyida Jose Rui Da Silva Madiyera tomonidan viloyatimiz teatrida jahon klassik durdonalaridan birini sahnalashtirishga kelishib olindi.

Bu esa oʻz navbatida ikki davlat oʻrtasidagi ijodiy-madaniy aloqalar va turizmning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?