Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi soliq xizmatlari oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasida Koreya Respublikasi milliy soliq xizmati rahbari Xan Sun Xi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda DSQ Matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumki, joriy yilning 18-21 aprel kunlari Koreya Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi davomida koʻplab sohalar qatori, gumanitar, axborot texnologiyalari va taʼlim yoʻnalishida ham aloqalarni mustahkamlashga kelishib olingan edi.
Uchrashuvda soliq maʼmuriyatchiligidagi oʻzgarishlarga doir taqdimotlar namoyish qilindi. Taʼkidlanganidek, har bir mamlakat uchun yagona boʻlgan soliq tizimini joriy etish imkonsiz boʻlib, faqatgina adolatli soliqqa tortish tizimini shakllantirish islohotlarning asosiy tamoyiliga aylanishi zarurdir.
Ikki davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan turli sohalarda, shu jumladan, taʼlim va mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, axborot texnologiyalari yoʻnalishida oʻzaro tajriba almashishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Koreya Respublikasi milliy soliq xizmati oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Koreyalik mehmonlar Davlat soliq qoʻmitasining “Soliqlar tarixi” muzeyi eksponatlari bilan ham yaqindan tanishib, faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring