Oʻzbekiston va Eron kino ustalari tomonidan buyuk ajdodlarimiz haqida filmlar suratga olish imkoniyatlari muhokama qilindi
Mamlakatimiz elchixonasi koʻmagida Eron madaniyat vazirining oʻrinbosari, Kino tashkiloti rahbari Muhammad Xazaiy boshchiligidagi ushbu davlat delegatsiyaning “Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtiroki tashkil etildi.
Eron delegatsiyasini Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida madaniyat va kino sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi tarixiy aloqalarni inobatga olib, Alisher Navoiy va Sharofiddin Ali Yazdiy kabi buyuk ajdodlarimiz haqida hamkorlikda filmlarni suratga olish masalalari xususida fikr almashildi.
Muhammad Xazaiy Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning siyosiy va madaniy sohada eng ilgʻor mamlakati ekanini taʼkidlab, oʻzining tarixiy, madaniy va diniy ildizlari bilan xalqaro hamjamiyatda muhim oʻrin tutishini alohida taʼkidladi. “Madaniy mushtaraklik ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashning fundamental asosidir. Ikki mamlakat sivilizatsiyalari bir-biriga bogʻlangan. Oʻzbekistonliklar uchun Mashhad, Sabzevar, Isfahon, Tehron, Tabriz, Sheroz, Nishopur, Kirmon shaharlari mashhur boʻlsa, Eron xalqi uchun Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Fargʻona va Toshkent shaharlari juda aziz”, dedi Eron madaniyat vazirining oʻrinbosari.
Muhammad Xazaiy, shuningdek, Oʻzbekiston va Eronda oʻzaro kino haftaliklarini oʻtkazish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi va Eron Kino tashkiloti oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjat Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va Eron Kino tashkiloti rahbari Muhammad Xazaiy tomonidan imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring