Oʻzbekiston va Belarus parlamentlararo munosabatlari yangi bosqichga koʻtarilmoqda
6-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Vladimir Andreychenko bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston–Belarus hamkorligi, xususan parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va tadbirkorlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari diqqat markazda boʻldi.
Taʼkidlanganidek, ikki tomonlama munosabatlarda parlamentlararo muloqot muhim oʻrin tutadi. Ikki davlat parlament vakillarining MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Parlamentlararo ittifoq kabi xalqaro parlament tashkilotlar doirasidagi faol hamkorligi eʼtirof etildi.
Parlament aʼzolari oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirish lozimligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, Minsk shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumi, unda tadbirkor ayollarning faol ishtiroki masalalari muhokama qilindi. Ushbu forum ayollar tadbirkorligini rivojlantirishiga, mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash boʻyicha yangi takliflarni muhokama qilish va ishlab chiqish uchun samarali maydonga aylanishiga umid bildirildi.
Shuningdek, tomonlar madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida ham fikr almashishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring