Oʻzbekiston UNWTO Bosh Assambleyasi Prezidenti etib saylandi

Foto: Madaniyat va turizm vazirligi Axborot xizmati
Shu kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Yevropa komissiyasining 68-yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov rahbarligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Nufuzli tadbirda tashkilotning qator vakolatli organlari uchun saylovlar oʻtkazilmoqda. Quvonarlisi, saylovlar yakuniga koʻra Oʻzbekiston 3 ta nominatsiyada gʻolib deb topildi. Jumladan, xalqaro tashkilot tomonidan Oʻzbekistonga UNWTO Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasida mezbon sifatida prezidentlik qilish vakolati berildi. Ushbu rasmiy vakolat topshirilar ekan, tashkilot rahbariyati va aʼzolari tomonidan bugungi kunda UNWTO Bosh assambleyasining 25-yubiley sessiyasini oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlarini hamda mamlakatda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar alohida eʼtirof etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston keyingi 2023 — 2027-yillar muddatiga UNWTO Ijroya kengashining Vakolatlar boʻyicha qoʻmitasi aʼzoligiga qabul qilindi. Bu UNWTO Ijroya kengashi tomonidan qabul qilinadigan muhim qaror va hujjatlar, ularda aʼzo davlatlar ishtiroki haqqoniyligi hamda tamoyillarga mosligini nazorat qilish vakolati Oʻzbekistonga ishonib topshirilganligini bildiradi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston 2023 – 2027-yillar davomida UNWTO Afillangan aʼzolar qoʻmitasiga saylandi. Mazkur Qoʻmita dunyo boʻylab 500 dan ortiq turizm sohasi xususiy tashkilotlari, uyushmalarni oʻz ichiga olganligi, mamlakatimiz uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilarga “Samarqand — Yangi Oʻzbekiston turizm darvozasi” taqdimoti amalga oshirildi. Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 16-20-oktyabr kunlari Samarqand shahrida UNWTO Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring