Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatini gʻalaba bilan boshladi
Bugun, 5-noyabr kuni Qatarda oʻtkazilayotgan U-17 Jahon chempionatining guruh bosqichi uchrashuvlari davom ettirildi. Kun doirasidagi bahsda Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Paragvay milliy jamoasi ustidan 2:1 hisobida muhim gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 25-daqiqada ochildi — Azizbek Abdumoʻminov raqib darvozasini ishgʻol etdi. 42-daqiqada “Mashʼal” klubi tarbiyalanuvchisi yana bir bor gol urib, dublini qayd etdi va Oʻzbekistonni gʻoliblikka olib chiqdi.
Ikkinchi boʻlimning 89-daqiqasida Paragvay terma jamoasi penalti orqali bir gol qaytarishga muvaffaq boʻldi, ammo hisobni tenglashtirish uchun vaqt yetishmadi.
Shu tariqa, uchrashuv 2:1 hisobida Oʻzbekiston oʻsmirlari foydasiga hal boʻldi. Bu gʻalabadan soʻng “oq boʻrilar” guruhda ikkinchi oʻringa koʻtarildi. “J” kvartetining dastlabki oʻyinida Panamani 4:1 hisobida taslim etgan Irlandiya oʻsmirlar terma jamoasi birinchi oʻrinda bormoqda.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi guruhdagi navbatdagi bellashuvini 8-noyabr kuni aynan Irlandiya oʻsmirlar jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring