Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Avstraliya bilan oʻynaydi
Kecha, 12-fevral kuni joriy yilning may oyida Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasiga qurʼa tashlandi.
Qurʼa natijasiga koʻra, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Avstraliya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Hindiston oʻsmirlar terma jamoalari bilan birgalikda musobaqaning “D” guruhidan oʻrin oldi.
Qurʼaning toʻliq natijalari bilan quyidagi rasm orqali tanishishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun, mazkur musobaqa Qatarda boʻlib oʻtadigan 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham oʻtab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2026-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring