Oʻzbekiston sirk ustalari Hindistonda boʻlib oʻtayotgan Xalqaro sirk festivalida ishtirok etmoqda
Oʻzbekiston sirk ustalari Hindistonda boʻlib oʻtayotgan Xalqaro sirk festivalida ishtirok etmoqda.
Festival tashkilotchilarining soʻzlariga koʻra, dunyoning boshqa mamlakatlari qatori Hindistonda ham sirk juda mashhur va ommabop. Biroq koʻngilochar tarmoqning boshqa turlari va raqamli sohaning jadal rivoj topayotgani, shuningdek, koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq sanitariya-epidemiologik vaziyat ushbu sanʼat turining holatiga taʼsir koʻrsatdi. Shu bois mamlakatda ushbu qadimiy sanʼat turi rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida sirk ustalari ishtirokida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xalqaro festival doirasida mamlakatning Mumbay, Bangalor va boshqa shaharlarida sirk ustalarining rang-barang dasturlari namoyish etildi. Dehlida ham ular toʻrt kun davomida sirk ixlosmandlari va yozgi taʼtilga chiqqan maktab oʻquvchilarini oʻzlarining yorqin chiqishlari bilan mamnun qilmoqda.
Festivalda Hindiston va Oʻzbekiston vakillaridan tashqari Efiopiya, Qirgʻiziston va rossiyalik sanʼatkorlar ham ishtirok etmoqda. Sanʼat bayrami tashkilotchilarining asosiy gʻoyasi xalqaro ijodiy hamkorlikni ragʻbatlantirish va oʻzaro ilgʻor texnik nou-xaular bilan almashishdan iborat.
Dasturlarda jonglyorlik, bir gʻildirakli velosiped va halqalarda mashqlar namoyish qilish, akrobatlar va masxarabozlar chiqishlari kabi anʼanaviy nomerlar bilan bir qatorda, shuningdek, har bir ishtirokchi davlat sirk sanʼatining oʻziga xos milliy jihatlari oʻrin olgani mahalliy jamoatchilikda katta qiziqish uygʻotmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring