Oʻzbekiston termasi 12 turda 12 ta gʻalaba qayd etib, pley-offga yoʻl oldi
Buyuk Britaniyaning London shahrida rapid va blis yoʻnalishlari boʻyicha jamoaviy Jahon chempionati davom etmoqda. Dunyodagi 55 jamoa ishtirok etayotgan musobaqada kecha blis bahslari boshlandi. Kuchli tarkib bilan bellashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi saralash bosqichida 12 ta uchrashuvning barchasida gʻalaba qozonib, 24 ochko bilan “C” guruhi gʻolibiga aylandi.
Bu bosqichda faqatgina “WR Chess Team” jamoasi ham 100 foizlik natijani qayd etishga muvaffaq boʻldi. Har bir guruhdan eng yaxshi 4 ta jamoa pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston termasi 1/8 finalda “D” guruhida 4-oʻrinni egallagan Qozogʻistonning “Barys.kz” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Shuningdek, “A” guruhida birinchi oʻrinni egallagan “WR Chess Team” jamoasi “B” guruhining toʻrtinchi jamoasi — “Malcolmʻs Mates”ga qarshi chorak final yoʻllanmasi uchun dona suradi. Qolgan juftliklar orasida “Hetman GKS Katowice” – “Germany and Friends”, “Team MGD1” – “Generation XYZA”, “Knight Dance” – “Hexamind Chess Team”, “Freedom” – “FIDE MB Team”, “Rookies” – “KazChess” hamda “Theme International Trading” – “Ashdod Elit Chess Club” jamoalari oʻzaro bellashadi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, jamoaviy Jahon chempionatining umumiy mukofot jamgʻarmasi 500 ming yevroni tashkil etadi. Shundan rapid yoʻnalishi uchun 310 ming yevro, blis yoʻnalishi uchun esa 190 ming yevro ajratilgan. Rapid bahslarida Oʻzbekiston termasi qoʻshimcha koʻrsatkichlar natijasiga koʻra sovrinli oʻrinlardan chetda qoldi. Biroq toʻrtinchi oʻrinni egallagan jamoamiz 30 ming yevro miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring