Oʻzbekiston terma jamoasi Rossiyada oʻtkazilgan xalqaro ilmiy fizika olimpiadasida toʻrtta medalni qoʻlga kiritdi

20:42 16 Dekabr 2023 Jamiyat
535 0

Joriy yilning 4-11-dekabr kunlari Moskva fizika-texnika institutida 1-Xalqaro ilmiy fizika olimpiadasi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi maʼlumotiga koʻra, ushbu olimpiada 2023-yilda Respublika miqyosidagi olimpiadalarda gʻolib boʻlgan maktab bitiruvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Mazkur olimpiadada 24 ta davlatdan jami 87 ta ishtirokchi matematik modellashtirishga asoslangan nazariy fizika boʻyicha ilmiy masalalarni bajarishdi.

Mazkur fan olimpiadasi toʻrt nafar oʻquvchidan tashkil topgan Oʻzbekiston terma jamoasi ham qatnashdi. Yakunda yurtimiz sharafini himoya qilgan oʻquvchilarimizning barchasi medallarga sazovor boʻldi.

Quyida xalqaro olimpiadada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar bilan tanishing:

— Jaloliddin Boymahammadov – Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi – kumush medal va milliy olmos medali;

— Javohir Sultanov – Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi – kumush medali;

— Mirshodjon Rajabov – Moskva muhandislik-fizika instituti talabasi – bronza medali;

— Jasurbek Gʻulomjonov – Namangan viloyati Chust tumani 71-maktab bitiruvchisi – bronza medali.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?