Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi BAA klubiga oʻtishi mumkin
Foto: O‘FA
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Otabek Shukurov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirishi mumkin. Bu haqda BAA futboliga ixtisoslashgan “UAEKick” sahifasida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, Otabek Shukurov BAA Pro ligasi vakili “Al-Vaxda” klubiga oʻtish arafasida. Ushbu klubda avvalroq, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisi Hojimat Erkinov ham toʻp surgan edi.

Maʼlumot uchun, “Al-Vaxda” ayni paytda 11 ochko toʻplagan holda BAA chempionati jadvalida 1-oʻrinni egallab turibdi. Jamoa bu yil Osiyo Elit chempionlar ligasi musobaqasida ham ishtirok etmoqda.
Aytish joiz, Shukurov uchun Birlashgan Arab Amirliklari futboli begona emas. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi paytida Sharja shahrining “Al-Sharja” jamoasida ham faoliyat olib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring