“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy qatnovlarga chegirmalarini eʼlon qildi
Illustrativ foto
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan 2022-yil 1–4-sentyabr kunlari ichki yoʻnalishlarda yoʻlovchi poyezdlari tarif qismidan kiritilgan chegirmalar joriy etilmoqda.
— Nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;
— Oliy oʻquv yurtlarining talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;
— Oilaviy boʻlib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) (nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;
— Bir jamoa, guruh boʻlib poyezdga chiqsa (yoʻriqnoma asosida 4 nafar va undan ortiq kishiga) chiptaning tarif qismidan – 15%;
— “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga chiptaning tarif qismidan – 10%.
IZOH: Imtiyozli boʻlgan chiptalarni faqat temiryoʻl kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airways” Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlarga 50 foiz chegirma eʼlon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring