Prezident qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlarining taklif va fikrlarini tingladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Koʻksaroy qarorgohida qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Uchrashuvda davlatimiz rahbari ularning qoʻshimcha takliflari va fikrlarini tingladi.
“Oʻzining mashaqqatli mehnati bilan rizq-roʻz yaratayotgan insonlar bilan suhbatlashish, ularning taklif va fikrlarini eshitish menga hamisha alohida huzur bagʻishlaydi.
Bejiz “Yerni yaxshi koʻrgan – Vatanni yaxshi koʻradi”, deyishmaydi. Zero, umrini, mehnatini saxovatli zaminimiz bilan bogʻlagan siz kabi fidoyilar – haqiqiy vatanparvardir.
Fursatdan foydalanib, Vatanimiz ravnaqi yoʻlidagi halol mehnatingiz, erishgan yuksak natijalaringiz uchun butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman”, dedi davlatimiz rahbari uchrashuv yakunida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring