Oʻzbekiston suv toshqinlaridan jabr koʻrgan Qirgʻiziston aholisiga insonparvarlik yordami yubordi
Foto: “Dunyo”
Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻsh va Botken viloyatlarida kuchli yomgʻir yogʻishi sababli, sel-suv toshqinlari yuzaga keldi. Ushbu tabiiy ofat natijasida 10 dan ortiq odamlar, jumladan yosh bolalar vafot etdi hamda koʻplab aholi punktlari zarar koʻrdi, 1300 dan ortiq aholi esa doimiy yashash joyidan koʻchirildi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston kuchli sel-suv toshqinlaridan jabr koʻrgan Qirgʻiziston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Bildirilishicha, Botken viloyatidagi “Qizil-Qiya” chegara nazorat oʻtish punktida Oʻzbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari Sanjar Zuparov, mamlakatimizning Qirgʻizistondagi bosh konsuli Zafarbek Ahmedov va qoʻshni davlat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtgan.
Aytilishicha, insonparvarlik yordami hodisadan eng koʻp zarar koʻrgan Nookat tumani hokimligiga topshirilgan.
“Qirgʻiziston tomoni insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring