O’zbekiston saylov o’tkazish sifati bo’yicha Markaziy Osiyoda uchinchi o’rinda

15:33 10 Aprel 2018 Siyosat
1742 0

Bu haqida Sidney(Avstraliya) va Garvard(AQSh) universiteti tomonidan asos solingan PEI “Saylovchilar qadriyatlari” loyihasi ma’ruzasida aytib o’tildi.

Mazkur ma’ruzada 164 ta davlat nomi qayd etildi. Unda Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha Qirg’iziston 53 PEI(saylovchilar birdamligini tushunish) indeksi bilan birinchi, Qozog’iston 45 PEI indeksi bilan ikkinchi, O’zbekistan 38 PEI indeksi bilan uchinchi o’rindan joy oldi. Tojikiston(36) va Turkmaniston(34) keyingi pog’onalarga kiritildi.

Bu galgi ma’ruza (“PEI—6.0.”)ni tuzishda 2012 yilning 1 iyulidan 2017 yilning 31 dekabrigacha o’tkazilgan 285 ta milliy parlament va prezident saylovlari inobatga olindi.

Ro’yxatda etakchi o’rinlarda Daniya, Finlyandiya, Norvegiya e’tirof etilgan bo’lsa, so’nggi pog’onalardan Efiopiya, Ekvatorial Gvineya, Suriya, Burundi joy oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?