Oʻzbekiston Rossiyadagi migratsiya reydlarida oʻz fuqarolarining huquqlari taʼminlanishini talab qildi
Foto: TIV
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuv davomida tomonlar Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir dolzarb masalalarni batafsil muhokama qilgan.
Muhokamalarda Rossiya hududlarida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston bosh konsullari, Rossiya tomonidan esa diplomatik vakolatxonaning konsullik boʻlimi rahbariyati, migratsiya masalalari boʻyicha masʼul xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ham qatnashgan.
“Oʻzbekiston tomoni migratsiya tekshiruvlari va reyd tadbirlari oʻtkazilayotgan jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining – ham qonunga rioya qilayotgan, ham migratsiya qonunini buzgan fuqarolarning – huquqlari va insoniy qadr-qimmatini kamsitishning har qanday shakliga yoʻl qoʻyilmasligi prinsipial ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi”, deyiladi vazirlik axborotida.
Qoʻshimcha qilinishicha, uchrashuv tomonlarning migratsiya jarayonlarini tartibga solish, shuningdek Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiyada qonuniy mehnat faoliyatini olib borishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan pragmatik va oʻzaro hurmatga asoslangan muloqotni rivojlantirishga intilishini tasdiqlaydi.
Shuningdek, tomonlar amaliy hamkorlikni doimiy ravishda takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida muntazam konsullik maslahatlashuvlari hamda ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish zarurligini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring